Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan ikkinchi tantanali tadbir Mexanika va konchilik ishi hamda Iqtisodiyot fakultetlari talabalari uchun tashkil etildi.
Tantanali marosimda talabalarga universitetning ramziy kaliti hamda talabalik guvohnomasining ramziy namunasi topshirildi. Bu talabalar hayotida esda qolarli va mazmunli voqea boʻldi.















