TDMAU | Rasmiy: post #33719 — TG.ME

🔔Ilk qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining unutilmas boshlanishi

Bugun, 2-sentabr kuni yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili boshlandi. Ushbu sana o‘quvchilar uchun yangi bilim va imkoniyatlar sari yo‘l ochadigan, ustoz va murabbiylar uchun esa mas’uliyatli mehnat yilining boshlanishini anglatadi.

Jaranglagan ilk qo‘ng‘iroq, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun hayajonli va unutilmas lahzalarga boy yangi bosqichning boshlanishidir.

Shu munosabat bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori To‘rayev Rasul Nortojiyevich Angor tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilariga muhtaram Prezidentimizning bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbirda maktab jamoasi, ustozlar va o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ezgu tilaklar bildirildi.

Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi marralar, ezgu maqsadlar va yorqin yutuqlar yili bo‘lsin!

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍11❤3👏2
September 2, 2026 849 3