Nega grammatika “an-Nahv” (النحو) deb ataladi ❓ Ko‘pchiligingiz… — T&S arab tili markazi — TG.ME

Nega grammatika “an-Nahv” (النحو) deb ataladi ❓ Ko‘pchiligingiz bilsangiz kerak, arab tilida grammatika النحو (an-nahv) deb ataladi. Lekin bu nom qayerdan kelgan va nima ma’noni anglatadi? 📌 “Nahv” so‘zi arab tilidagi نَحَا (naha) fe’lidan olingan bo‘lib, u: ● ergashmoq ● yo‘l tutmoq ● yo‘nalmoq ● bir tomonga qarab yurmoq degan ma’nolarni bildiradi. Bu ma’nolar grammatika bilan qanday bog‘liq ❓ Bu nom qo‘yilishining bir necha sababi bor Shulardan eng mashhurlaridan biri quyidagicha: 🖊️Mashhur olim Abu al-Aswad ad-Du’ali bir kuni Ali ibn Abi Talibning huzurlariga kelib, odamlar arab tilida gapirganda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yayotganini aytadi. Shunda Ali ibn Abi Tolib unga: arab tilining asosiy grammatik qoidalaridan ba’zilarini tushuntirib beradi va so‘ng shunday deydi: اُنحُ هَذَا النَحْوَ يَا أَبَا الأَسْوَدِ 🖊️ “Ey Abu al-Asvad, mana shu yo‘l bilan davom et, shu yo‘nalishda yurgin!” 📌 Ana shu “nahv” (yo‘nalish, yo‘l) so‘zidan keyin: arab tilining grammatikasi عِلْمُ النَّحْو (Ilmun-Nahv) ya’ni “to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ilm” deb ataladigan bo‘ldi. 💡Demak, nahv — bu shunchaki qoida emas. ✅U arab tilida to‘g‘ri gapirish va to‘g‘ri yo‘lni tutishga yordam beradigan ilm ✅Grammatika odamni xatodan saqlab, to‘g‘ri yo‘nalishga boshlaydi @TasnimSalsabil

❤11🍓7🥰3👍2
December 20, 2025 5.7K