🦶 TOVON OG‘RIG‘I — KO‘PCHILIKDA KUZATILAYOTGAN MUAMMO 😣
Ertalab uyqudan turganingizda ilk qadamlarni tashlash qiyin bo‘lib, tovoningizga go‘yo igna sanchilgandek og‘riq seziladimi? Bunday holat ko‘pchilikka tanish.
Tovon nima sababdan og‘riydi?
— Oyoqlarga doimiy va ortiqcha yuklama tushishi;
— Tor yoki noqulay oyoq kiyim;
— Yassi oyoqlik va oyoq tuzilishidagi o‘ziga xosliklar;
— Yosh o‘tishi bilan to‘qima va bog‘lamlarda yuz beradigan o‘zgarishlar.
⚡️ QACHON E’TIBOR BERISH KERAK?
• Uyqudan keyingi ilk qadamlar keskin og‘riqli bo‘lsa;
• Uzoq yurish yoki uzoq vaqt tik turishdan keyin og‘riq kuchaysa;
• Tovon atrofida achishish, noqulaylik yoki sezuvchanlik paydo bo‘lsa.
💡 HOLATNI YENGILLASHTIRISH UCHUN:
1️⃣ Qulay oyoq kiyim va ortopedik tagliklardan foydalanish;
2️⃣ Og‘riqni vaqtincha kamaytirish uchun sovuq qo‘yish;
3️⃣ Oyoq kafti va boldir mushaklari uchun maxsus mashqlar va cho‘zilishlar;
4️⃣ Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra fizioterapiya va boshqa davolash usullaridan foydalanish.
⚠️ MUHIM!
“Tuz, yod, kompress” kabi xalqona usullar muammoning asl sababini bartaraf etmasligi mumkin. Ayrim hollarda esa terini ta’sirlantirishi mumkin.
Agar og‘riq kuchli bo‘lsa, tez-tez takrorlansa yoki uzoq vaqt davomida ketmasa, shifokorga murojaat qilib, sababini aniqlatgan ma’qul.
🌿 Hozirgi kunda ko‘pchilikda kuzatilayotgan shu muammo haqida sizlar bilan bo‘lishdim.
❤️ Yaqinlaringiz orasida ham shunday muammoga duch kelayotganlar bo‘lsa, ularga ham yuborib qo‘ying. Balki shu ma’lumot ularga foyda berar va vaqtida e’tibor berishlariga sabab bo‘lar.
📌 Saqlab qo‘ying va yaqinlaringiz bilan bo‘lishing!
Pp & Fitness Trener Qayumova Muslima ( Shoxsanam)
#LADYFITNESS
#Соғломозамиз
@Taoml
@TRENERPP
August 25, 2026 136 3