O’qish tezligi
Ko’pchilik matnni labini qimirlatib o’qiydi. Qimirlatmasa ham, ichida so’zlarni gapirib o’qiydi.
Ya’ni, ko’z bilan emas, (ichki) quloq bilan tushunishga harakat qilishadi. Sababi tushunarli. Eshitishni o’qishdan ancha oldin o’rganganmiz. Bizga shunisi qulayroq.
Jarayon subvokalizatsiya deyiladi. Zarari yo’q. Qaytangi tushunishimizga yordam beradi. Bir vaqtning o’zida, o’qish tezligimizni ham tushiradi.
Chunki gapirish tezligi ~150 ta so’z/d. Ko’z bilan o’qish tezligi ~240 ta so’z/d.
Demak, gapirish tezligimizni oshira olsak, o’qish tezligimizni ham oshira olamiz.
P.S.
Tez gapirish bilan, shoshib gapirishning farqi bor.
5April 9, 2026 1.1K