Ko‘pchilik 5 ta yo‘nalish tanlash bo‘yicha har xil maslahat bermoqda. Men esa quyidagicha maslahat bergan bo‘lar edim.
1-yo‘nalishga o‘zingiz ich-ichingizdan o‘qishni istagan OTMni tanlang, balli juda yuqori bo‘lsa ham.
2-yo‘nalishga o‘zingiz xohlagan, biroq balli juda yuqori bo‘lmagan OTMni tanlang. Hech yo‘q, 30% ishonchingiz komil bo‘ladi.
3-yo‘nalishga siz uchun hududi, nufuzi va ta’lim yo‘nalishi noqulay bo‘lmagan OTMni tanlang.
4-yo‘nalishga balli va nufuzi pastroq, biroq kirganingizdan so‘ng afsuslanmaydigan OTMning yo‘nalishini tanlang.
5-yo‘nalishga balli past va kam odam topshiradigan OTM hamda yo‘nalishni tanlang, lekin o‘qishga kirsangiz ham rozi bo‘ladigan joy bo‘lsin.
Hech qachon o‘zingiz xohlamagan yo‘nalish yoki oliygohga topshirmang, zero, 4 yillik umringizni "odamlar nima deydi" degan keraksiz gaplarga sarflab yuborasiz.
Hech qachon "kelasi yili perevod qilib olaman" deb o‘zingiz xohlamagan yo‘nalish yoki OTMga topshirmang. Bunday rejalarning 95 foizi o‘xshamaganiga guvohman.
Maqsadli qabul haqida yaxshilab o‘ylab, keyin qaror qabul qiling. Zero, maqsadsiz qolib ketishingiz mumkin.
Barchaga omad tilayman!