Kotta ehtimol bilan ming oydan afzal boʻlgan QADR kechasi BUGUN!
Xushyor boʻlinglar. Bugungi kechani oʻlib qolsez ham oʻtkazib yubormaslikni maslahat beraman.
Laylat al-Qadr soʻzi arabcha soʻz boʻlib quyidagi maʼnolarni anglatadi:
1. Taqdir kechasi
Bu kechada bir yil davomida bo‘ladigan ko‘p narsalarning taqdiri yoziladi. Ya’ni bandalarning rizqi, umriga oid ishlar, ayrim voqealar farishtalarga topshiriladi.
Bu kechada qilingan duolarning hammasini bitta qoʻymay ijobat qiladi. Nima xohlasez soʻrab oling. Alloh hamma duolarni ijobat qiladi. Ertaga millioner boʻlib ketay desangiz ham ijobat boʻladi. (Alloh oʻzi xohlagan shaklda ijobat qiladi)
2. Qadrli va ulug‘ kecha
Qadr soʻzi ulug‘lik, buyuklik degan ma’noni ham bildiradi. Bu kecha shunchalik ulug‘ki, ibodat jihatidan ming oydan ham afzal.
Qadr kechasini ibodat bilan oʻtgazgan insonga 83 yil ibodat qilganlik ajr-savobini olishi mumkin. Alloh shu qadar mehribonki, bandalariga shu qadar yengillik berdi, mehribon. Alhamdulillah❤️
Ibodat ogʻirlik qilsa, yaxshi koʻrgan insonimiz gaplashib oʻtirelik desayam yoʻq demimizu, endi Alloh senga imkoniyat deb shuncha yengillik bersa, uxlab oʻtkazvorsak, faqat oʻzimizdan xafa boʻlishimiz kerak!
3. Qadr berilgan kecha
Bu kechada ibodat qilgan banda Alloh huzurida qadr topadi. Ya’ni uning maqomi ko‘tariladi, gunohlari kechiriladi.
Valiy boʻlishni xohlaymizmi, valiy doʻst degani. Palonchi, pistonchigamas, olamlarni yaratgan Robga doʻst boʻlish imkoniyati bor. Doʻstimiz chaqiryapti. Chaqirganda ibodatga(suhbatga) boraylik.
4. Yer torayadigan kecha
Qadr soʻzi torlik degan ma’noni ham bildiradi. Chunki bu kechada farishtalar juda ko‘p tushadi, yer go‘yoki tor bo‘lib ketgandek bo‘ladi.
Insonlar 8 mlrd boʻlsa, farishtalar 800 mlrdlab tushadi kerak boʻlsa, ayniqsa Qurʼonni vahiy sifatida olib tushgan, hamma paygʻambarlarga vahiy olib tushgan, qanotlari 600 ta boʻlgan, Allohning bahaybat, eng buyuk farishtalaridan biri Jabroil alayhis-salom yerga tushadi.
Hamma aldasa aldaydi, Alloh aldamaydi ishoning. Bugungi tunni oʻtkazib yubormang. Bugun qoʻlizdan kelgancha yaxshilik qiling. Hamma amaliz 83 yilga koʻpaytiriladi.
Qadr kechasini tashlil qilib, tila tilagingni degan Robbimiz bor ekan, bizga yangi yilniyam, tilla baliqniyam, jinniyam, hech kimni yordamini keragi yoʻq.
Manam sizlar bilan birgaman. Bugungi tunni oʻtkazvormaymiz. Xohlagancha ibodat qilamiz, xohlagancha duo qilamiz. Niyat Alloh roziligi boʻlsin faqat❤️