Ko‘p ishlash har doim ham samarali natija bermaydi. Pomodoro texnikasi haqida bilsangiz kerak. Bilmaganlar uchun – ushbu texnika diqqatni jamlash, charchashni kamaytirish va ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.
🤨 Nimaga 1 soat emas, 25 daqiqa davomida diqqat jamlash unumliroq?
• Vazifaga ajratilgan vaqt 25 daqiqa bo‘lsa, miyada uning bajarilishi mumkinligini his qilishga yordam beradi.
• Bu xavotirni va "ishlar ko‘pligi" hissini kamaytiradi, dofamin motivatsiyasi mexanizmini ishga tushiradi.
• Natijada ishni boshlash ishtiyog’i ortadi. Ayniqsa, ishni keyinga qoldiruvchilar uchun samarali usul🤓
Ushbu texnika ishlab chiqilgan so’ng, keyingi 30 yil davomida uni boshqacha turlari paydo bo’ldi:
• Ultra‑Pomodoro (90 + 20 daqiqa) – tadqiqotlar va chuqur o'rganish uchun.
• Micro‑Pomodoro (10 + 2 daqiqa) – juda qiyin yoki zerikarli vazifalar uchun.
Garvard universitetiga kirgan Azizbek Zaylobiddinov ham aynan shu texnikani o’qish jarayonida ko’p qo’llagan.
🍅 Siz-chi, ushbu texnikani ishlatasizmi? Izohlarda javobingizni yozib qoldiring!
StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Website

