Agar dunyodagi barcha universitetlar sirtqi ta’lim mavjud deb o’ylasangiz adashasiz. Aksar universitetlarda sirtqi ta‘lim yo‘q. Shunday ekan, sirtqi ta‘limi bor va sirtqi ta‘limi yo‘q universitetlarni ko‘rib chiqamiz!
✅ Sirtqi ta‘limi bor davlatlar:
• Rossiya, Ukraina, Qozog’iston.
Ushbu davlatlarda ishlaydigan talabalar sababli sirtqi ta’lim keng tarqalgan.
• Buyuk Britaniya, Avstraliya.
Sirtqi ta’lim mavjud. Ishlaydigan talabalar sirtqi ta’lim va masofaviy ta’limni birlashtirib o‘qisa bo‘ladi.
🚫 Sirtqi ta‘limi deyarli yo‘q davlatlar:
• AQSH
Sirtqi ta‘lim yo‘q. Bu turdagi ta‘lim turi eskirgan hisoblanadi.
• Germaniya, Fransiya
Sirtqi ta’lim faqatgina xususiy universitetlarda bor. Davlat universitetlari kunduzgi ta‘limga ko’proq urg’u beradi.
• Yaponiya, Janubiy Koreya
Sirtqi ta’lim deyarli mavjud emas. Kunduzgi ta’lim “oltin andoza” ya’ni oltin standart hisoblanadi. Ishni o’qish bilan birlashtirishi ta’lim sifatiga ta’sir qiladi deb biladilar🙌
Post foydali bo‘lgan bo‘lsa «🔥» ulashing!
Yana qanday mavzularga postlarni ko’rishni istaysiz, izohlarda yozib qoldiring!
StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Website

