StriveHub: post #1764 — TG.ME

"Ariza topshirishdan oldin bilganimda edi" mavzusidagi maslahatlar:

1️⃣ Birinchi inshoingiz muvaffaqiyatsiz chiqadi - bu normal holat.
Yaxshi insho yozishning kaliti birinchi urinishda mukammal matn yozish emas, balki uni qayta yozish va takomillashtirishdadir. O‘zingizga tahrir qilish uchun vaqt bering.

2️⃣ Belgilangan 'deadline'lar ko‘ringandan tezroq keladi.
Ariza topshirishgacha hali ancha vaqt bor deb o‘ylasangiz, bu aldamchi tuyg‘u. Jarayonni bosqichlarga bo‘ling: dasturlarni tanlash, insho yozish, hujjatlarni yig‘ish, ariza topshirish.

3️⃣ Barcha dasturlar bir xil emas.
Universitetni faqat uning reytingiga qarab tanlash xato. U yerda qanday tadqiqotlar olib borilayotganini, mablag‘ ajratilayotgan-yo‘qligini va dastur sizning ko'zlab qo'ygan maqsadlaringizga qanchalik mos kelishini ko‘rib chiqing.

4️⃣ REJECTION - bu jarayonning bir qismi.
Hatto kuchli nomzodlar ham rad javobini olishadi. Bu oxiri emas, balki arizangizni yaxshilash va qaytadan urinib ko‘rish imkoniyatidir.

5️⃣ Aloqalar va tanish-bilishlar ko‘ringanidan ham muhimroq.
Tavsiya xatlari va sohadosh dasturdagi professorlar bilan aloqalar katta ahamiyatga ega. Ba’zida kuchli o‘qituvchidan kelgan bitta xat sizning GPA ko‘rsatkichingizdan ham muhimroq bo‘ladi.

StriveHub
❤‍🔥5❤2
April 10, 2026 1.2K 3