Uchrashuvda Dedim: Ey xurliqo seni gulga ayladim qiyos, Dedi… — Цитаты📌 — TG.ME

Uchrashuvda

Dedim: Ey xurliqo seni gulga ayladim qiyos,
Dedi: So'lguvchi matohga teng qilding ana xalos!

Dedim: Pazanda bo'lmagan qiz loyiqmas xurmatga!
Dedi: O'zing borganmisan aytchi xarbiy xizmatga?

Dedim: Hech bir ayolda sendek mehrli ohang,
Dedi: Meni ko'rib darrov unut bo'ldimi onang?

Dedim: Senga bo'lsim Parij, Rim, Ero, ham Buxoro,
Dedi: Avval so'zlashni bil qizlar bilan bexato!

Dedim: Qoriya bo'lmasang uylanolmam nachora,
Dedi: Nahot o'zing bilsang Qur'ondan o'ttiz pora?

Dedim: Sendan asli sendan bo'lak yor olgum yana uch?
Dedi: Dilda taqvo bormi, qissada zar, belda kuch?

Dedim: Bir qop tillo bersam menga bo'lurmisan yor,
Dedi: Yuzda bitta xolim bundan qimmat bo'lma zor.

Dedim: Hadichadek bo'lgin senga qo'yay muhabbat,
Dedi: Bundoq shart qo'ymagil, sendan chiqmas Muhammad!

Dedim: Endi visolingga yetmay etgummi vafot?
Dedi: Menga yor kerakmas qizlardan bo'lguvchi mot!

©️Abdurahmon Meshayan

🤍From QonliBitiklarim
1❤11❤‍🔥4💯33🤩1👀11
April 12, 2026 357 3