AI Factory vs. AI Dark Factory Hozirgi kunda sun’iy intellekt… — Shukhratbek.dev — TG.ME

AI Factory vs. AI Dark Factory Hozirgi kunda sun’iy intellekt dunyosida dasturiy ta'minotni yaratish va ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Bularning eng asosiylari — AI Factory va AI Dark Factory. Xo‘sh, ular bir-biridan qanday farq qiladi? Keling, tahlil qilamiz: 1. AI Factory (Sun'iy Intellekt Fabrikasi) Bu — inson va AI hamkorligida ishlaydigan tizim (Human-in-the-Loop). Qanday ishlaydi: Dasturchi yoki muhandis vazifani belgilaydi, AI yordamida (masalan, Cursor, Claude Code yoki Gemini orqali) kod yozadi, xatolarni ko‘rib chiqadi va yakuniy mahsulotni o‘zi tasdiqlaydi. Bu yerda faqat kod yozish emas, balki SDLC to'liq qamrash: planning - Product Manager featurelarni yozib chiqadi, Arxitektor esa System Design qiladi va h.z. Insonning roli: Markazda! AI bu yerda eng kuchli yordamchi (Copilot), lekin asosiy boshqaruv va qaror qabul qilish baribir insonda qoladi. 2. AI Dark Factory (Qorong‘u AI Fabrikasi) Bu atama an’anaviy ishlab chiqarishdagi "Chiroqlari o‘chirilgan zavodlar"dan (Lights-out factory) olingan. Bunday zavodlarda odam ishlamagani uchun chiroqni yoqishga ham hojat yo‘q — hamma narsa to‘liq avtomatlashgan. IT olamida ham xuddi shunday: Spetsifikatsiyani kiritasiz — tayyor mahsulotni olasiz. Qanday ishlaydi: Inson jarayondan butunlay chetlashtiriladi. Multi-agent tizimlar ishga tushadi: Planning Agent (rejalashtiruvchi) vazifani qismlarga bo‘ladi, Coding Agent (dasturchi) kodni yozadi, Validation Agent (tester) uni sinovdan o‘tkazadi va xatolarini o‘zi tuzatadi. Oxirida tizim tayyor kodni avtomatik ravishda deploy qiladi. Insonning roli: Faqat chetdan kuzatish, boshlang‘ich talablarni to‘g‘ri yozish (Prompt/Spec) va yakuniy biznes natijani baholash.

June 11, 2026 120 1