Prezident maktabi |Samarqand shahri: post #20064 — TG.ME

🛰️ O‘zbekistonlik ikki nafar vakilasi sun’iy yo‘ldosh muhandislik modelini yig‘ishda ishtirok etmoqda!

Ayni paytda Hindistonda Mission ShakthiSAT xalqaro kosmik ta’lim loyihasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 108 ta davlatdan 12 ming nafardan ziyod yosh muhandis qizlar qatnashmoqda.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Bahodirova Durdona ham ko‘magida loyihaning ta’lim va amaliy bosqichlarida ishtirok etib, ShakthiSat-1 sun’iy yo‘ldoshining muhandislik modulini yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🚀 Loyihaning asosiy maqsadi — qizlarni STEM, aerokosmik muhandislik va kosmik texnologiyalar sohasiga jalb etish hamda kelajakdagi ayol muhandislarni tayyorlashdir.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM
👍1
August 30, 2026 386 2