Navbatdagi g'alaba: O'quvchimiz 1-o'rinni egalladi! šŸŽ¶ O'zbekiston… — Narpay tuman 13-son BMSM — TG.ME

šŸ† Navbatdagi g'alaba: O'quvchimiz 1-o'rinni egalladi! šŸŽ¶
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida respublikamiz bo'ylab ko'plab ko'rik-tanlovlar o'tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri — Samarqand shahridagi "Nurafshon" madaniyat markazida Viloyat madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Yangi ovozlar" yosh ijrochilar ko'rik-tanlovidir!
šŸŽ‰ Yaqinda ushbu tanlov g'oliblari rasman e'lon qilindi. Quvonarlisi, maktabimizning An'anaviy xonandalik sinfi o'quvchisi, ustozimiz Shavkat Meliqulovning shogirdi Qurbonova Nigina ushbu tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, 1-o'rinni qo'lga kiritdi!
Iqtidorli o'quvchimiz va uning ustozini ushbu yuksak g'alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! šŸ‘āœØ
šŸ”„1
September 7, 2026 295 10