Har qanday foydalanuvchining vaqti va e’tibori nihoyatda qadrli. Katta auditoriyaga koʻchirilganda notoʻgʻri qarorning “narxi” — kunlar, oylar va hatto yillarga boʻlishi mumkin. Ayniqsa, odamlar oʻrganib qolgan narsani oʻzgartirayotganingizda yoki yangisini oʻylab topayotganingizda, buni unutmaslik juda muhim.
Agar ichingizda “bu ishlamasligi mumkin” degan shubha boʻlsa, tadqiqot natijasini kutib oʻtirish shart emas — katta ehtimol bilan bu haqiqatan ham yomon yechim.
Dizayn — bu odamlar haqida. Ularning vaqti, hissiyotlari va tajribasi haqida. Har qanday yaxshi dizayn falsafasi, avvalo, inson atrofida quriladi (Human Centric Design). Markazda aynan inson turadi, qolgan barcha narsalar esa uning atrofida shakllanadi.
#human #centric #design #user #experience

