DUSHMAN Eng katta dushmaningiz kim deb o'ylaysiz? Ehtimol sizning hayolingizga kimdir kelgandir Ammo ishoning sizning eng katta dushmaningiz siz o'zingizsiz! Siz o'zingiz kerakli va foydali ishlar o'rniga befoyda narsalarga vaqtingizni sarflaysiz, Siz o'zingiz yangi narsalarni o'rganishga dangasalik qilasiz, Siz o'zingiz yangiliklarni sinab ko'rishdan qo'rqasiz, Siz o'zingiz orzularingiz uchun yetarlicha harakat qilmaysiz. "O'zini yenggan dunyoni yengar" deb bekorga aytishmagan. Shuning uchun har kuni ko'zguda ko'radigan odamni yenga olmas ekansiz, bu hayotda yuqori natijalarni kutmang.
July 14, 2026 254