RIVOJLANISH QOTILI Xato qilishdan qo‘rqadiganlar oxir-oqibat hayotda yutqazishadi. Maktabda bizni doim xato qilmaslikka, hamma narsani mukammal bajarishga o‘rgatishgan. Ammo real hayotda hammasi ideal bo‘lishini kutib o‘tirish — bu shunchaki o‘sishdan to‘xtashdir. Mnemonikada kuzatiladigan eng katta xatolardan biri nima bilasizmi? Xato qilib qo‘yishdan qo‘rqib, ma’lumotlarni o‘ta sekin yodlash. Odamlar har bir so‘zni yoki raqamni 100% ideal eslab qolaman deb, o‘z tezligini ataylab pasaytirib yuborishadi. Agar siz qo‘rqmasdan, o‘z chegarangizdan chiqib maksimal tezlikka ishlamasangiz, miyangiz kengaymaydi. U o‘zining qulaylik chegarasida qotib qoladi va rivojlanish shu joyda to‘xtaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik 5 yillab shug‘ullansa ham, natijasini umuman oshira olmay, bir joyda aylanib yuraveradi. Haqiqiy natijaga erishadiganlar — mukammal sharoitni yoki xatosiz natijani kutmasdan, bor imkoniyati bilan harakatni boshlaganlardir. Xatolar fojia emas, u o‘rganish jarayonining eng asosiy va ajralmas qismidir. Qachonki siz intizom bilan, chegaralaringizni ataylab buzib o‘tib, xato qilishdan qo‘rqmasdan harakat qilsangiz, o‘rganish va o‘sish tezligingiz karrasiga oshadi.
RIVOJLANISH QOTILI Xato qilishdan qo‘rqadiganlar oxir-oqibat hayotda… — Mnemonika 🧠 — TG.ME
June 30, 2026 286