📌Google Isroil Wiz kompaniyasini 32 milliard dollarga sotib olmoqda Google'ning bosh kompaniyasi Alphabet Isroilning Wiz startapini rekord darajadagi 32 milliard dollarga sotib olishga rozi bo‘ldi. Bu harakat, shuningdek, Google tarixidagi eng yirik xarid bo‘lib, Motorola Mobility ni avvalgi 12,5 milliard dollarga sotib olganidan oshib ketdi. 🇮🇱 Kompaniya asoschilari, Isroilning 8200 va 81-kiber razvedka bo‘linmalarining bitiruvchilari Falastin bilan urushda to‘plagan harbiy tajribalaridan foydalanganlar. 👨💻2020-yilda tashkil etilgan kompaniya kiberxavfsizlik bo‘yicha yechimlariga, ayniqsa, murakkab kiberhujumlar va to‘lov dasturlari kabi global tahdidlarga nisbatan yuqori talab tufayli investorlar e’tiborini tortdi. 📈Shartnoma Google'ning bosh kompaniyasi Alphabet’ ning kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasida o‘z mavqeini mustahkamlashiga va bu borada Amazon va Microsoft kompaniyalariga raqobat qilishga imkon berishi ta’kidlanmoqda.
Google Isroil Wiz kompaniyasini 32 milliard dollarga sotib olmoqda… — 🎥SAFIYA/VIDS 🐾𓃠 — TG.ME
March 19, 2025 482 2