Rasman: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat test sinovlari ma’lumotlari my.gov.uz saytiga joylana boshlandi
Hozirgacha fizika, matematika, biologiya va kimyo fanlaridan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari sanalari my.gov.uz saytida koʻrinish bermoqda. Quyida shu xususida:
Fizika fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 29-sentabr;
Matematika fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 28-sentabr;
Biologiya fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 26-sentabr;
Kimyo fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 27-sentabr.
Tez orada boshqa umumta’lim fanlari boʻyicha ham ma’lumotlar saytda koʻrinish beradi. Talabgorlarga omad tilaymiz!