🌍♻️ “Qonunlarga rioya qilaman!” eko-chellenjiga qo‘shiling! 📢Hurmatli yurtdoshlar! • O‘zingizni qanchalik ekomadaniyatli sanaysiz? • Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlaysizmi yoki aksincha? • Bu borada huquq-majburiyatlaringizni qanchalik bilasiz? • Qonunlarga-chi, amal qilasizmi? Unda albatta eko-chellenjda ishtirok eting! Bu chellenj orqali Biz: ✅ Aholining qonunlarga amal qilishini qo‘llab-quvvatlaymiz; ✅ Jamoat joylarida tozalikka rioya qilish madaniyatini targ‘ib qilamiz; ✅ Ekologik ongni oshiramiz. 💡 Chellenjda ishtirok etish juda oddiy! 1️⃣ Chiqindilarni belgilangan qutilarga tashlash yoki ortiqcha chiqindi chiqarmaslikka oid harakatlarni videoga yoki suratga oling; 2️⃣ Uni ijtimoiy tarmoqlarga #OzodaYurt heshtegi bilan joylashtiring; 3️⃣ Xohlovchilar chellenjni davom ettirish uchun kamida 3 do‘stini belgilashi mumkin. ⏰Eko-chellenj 2025-yil 15-martdan boshlanadi. 🎁 Eng kreativ va ommalashgan post egalari Adliya vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi! 📌 Keling, birgalikda toza va ozoda muhit yaratamiz! ♻️ “Qonunlarga rioya qilaman!” – obod kelajak sari qadam!
Qonunlarga rioya qilaman!” eko-chellenjiga qo‘shiling! 📢Hurmatli… — 💚 “ReGreen” | EVH🕯️ — TG.ME
March 17, 2025 180 3