Mikroplastik hosilga tahdid solmoqda va ocharchilik muammosini yanada… — 💚 “ReGreen” | EVH🕯️ — TG.ME

🔥🔥🔥🔥 Mikroplastik hosilga tahdid solmoqda va ocharchilik muammosini yanada kuchaytirishi mumkin Tuproq va suvda to‘planayotgan mikroplastik oziq-ovqat ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, o‘simliklarning fotosintez qilish qobiliyatini pasaytiradi. Bug‘doy, guruch va makkajo‘xori hosilining mikroplastik tufayli yo‘qotilishi allaqachon 4 dan 14 foizgacha yetgan. Agar ifloslanish sur’ati shu tarzda davom etsa, 2040-yilga borib oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan odamlar soni yana 400 million kishiga oshishi mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, mikroplastik barglarga quyosh nuri yetib borishiga to‘sqinlik qiladi, tuproqdagi suv almashinuvini buzadi hamda zaharli birikmalar ajratadi. Eng katta yo‘qotishlar Osiyoda kuzatiladi, bu yerda hosil kamayishi yiliga 177 million tonnaga yetishi mumkin. Xususan, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida plastik plyonkalardan foydalanish tuproqning mikroplastik bilan ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar mikroplastik ifloslanishi tufayli hosil yo‘qotishlari allaqachon iqlim inqirozining oqibatlariga tenglashib borayotganini ta’kidlab, plastik chiqindilarni kamaytirishga chaqirmoqda. 🔥🔥🔥🔥

March 15, 2025 275 1