#Yosh_ekologlar_harakati🌟 #yosh_ekologuz🌟 📣 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦❤️🔥 “SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI” RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVI 🇺🇿 Tanlov 4 shart boyicha o'tkazilmoqda. 🔽🔽🔽🔽 1️⃣ shart – “Bu bizning hudud - ushbu shartda ishtirokchi jamoalar o'z hududlarining ekologik holati, ekomadaniyati, piknik madaniyatlari, hudud ekologiyasini yaxshilashga doir amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarining ekologiyaga bolgan munosabati ochib berilishi lozim. 2️⃣ shart – “Intellektual ring - ushbu shartda jamoa a’zolari 3 daqiqa ichida ekologik, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy yo'nalishlardagi 10 ta savolga javob berishlari lozim. 3️⃣ shart – “Ekologiya uchun barchamiz mas’ulmiz! - ushbu shartda ishtirokchi jamoalar respublikamiz ekologiyasini asrab-avaylashga qaratilgan yoshlar orasida ekomadaniyatni targ'ib qilishni ko'zda tutgan, plogging, iqlim o'zgarishlar, daraxt ekish va kesish hamda suv muammolari boyicha loyihasining mazmun-mohiyatini ochib beradigan ibratli sahna korinish tayyorlashlari lozim. 4️⃣ shart – “Eng yaxshi ekologik loyiha” - ushbu shartda ishtirokchi jamoalar respublika miqyosida ekologiya sohasini rivojlantirish, yosh ekologlar sonini ko'paytirishga erishish, ekologiya yo'nalishidagi investitsiyalarni jalb qilish, ekologiya salohiyatini kengaytirish boyicha o'z taklif va loyihalarini namoyish etadi. 💬@yosh_ekologuz
Yosh_ekologlar_harakati🌟 #yosh_ekologuz🌟 📣 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦❤️🔥 “SIZ… — 💚 “ReGreen” | EVH🕯️ — TG.ME
February 1, 2025 456 7