Mehnatobodda oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlari o‘rganildi Rishton… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

🏠 Mehnatobodda oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlari o‘rganildi

Rishton tumanidagi Mehnatobod MFYda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlar daromadini oshirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

🤝 O‘rganish jarayonida tuman hokimi o‘rinbosari, moliya sohasi mas’ullari hamda viloyat hokimligi vakili ishtirok etib, mahalladagi oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

📌 Xonadonlardagi mavjud imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

💼 Asosiy maqsad — har bir xonadondagi imkoniyatni ishga solish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining barqaror daromadini ta’minlash.
September 5, 2026 402 2