Rishton tumanidagi 58-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchi-qizlarni… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Rishton tumanidagi 58-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchi-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kelajakda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Rishton tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi M. Dadajonova hamda Rishton tuman ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant M.Ergasheva ishtirok etib, yosh qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.

Uchrashuv davomida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik, kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari hamda qiz bolaning jamiyatdagi oʻrni hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Ilm-fan choʻqqilarini zabt etishlari uchun yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida taʼkidlandi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbatda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga masʼullardan batafsil javoblar olishdi.
❤1👍1
September 5, 2026 387