Paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan... Bugun Rishton tumanida paxta… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan...

Bugun Rishton tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan ezgu niyatlar bilan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. Ehson dasturxoni yozilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mo‘l hosil uchun duo qilindi. 🤲
Qayd etilganidek, joriy yilda tumandagi 230 ta fermer xo‘jaligining 5 ming 350 gektar maydonida paxta yetishtirildi.

Tadbirda tuman hokimi, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, mavsumni samarali yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🤲 Yurtimiz tinch, rizqimiz mo‘l, hosilimiz barakali bo‘lsin!
👍1
September 5, 2026 315 5