Kecha va bugun… Oyqor tog‘idek yuksaklikka bo‘y cho‘zgan baland… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Kecha va bugun…

Oyqor tog‘idek yuksaklikka bo‘y cho‘zgan baland tog‘ning qoya toshida bir yozuv bor edi.

Uni ko‘rgan boylar yig‘lar edi, kambag‘allar esa quvonar edi.

Sevishganlar bu yozuvni ko‘rib, birga o‘tkazilgan har soniyaning qadriga yetishga harakat qilar edilar.

Bemorlar, mushkuli bor insonlar esa uni ko‘rib taskin topar, shukr qilar edilar.

Qoyada shunday yozuv bitilgan edi:
“HAMMASI O‘TKINCHI…”
Shunday ekan, g‘animat vaqtimizni o‘tkinchi narsalarga emas, abadiy qoladigan ezgu ishlarga sarflash nasib qilsin.

Haqiqat shuki — hech narsa unutilmaydi.
❤1
September 5, 2026 326