Yangi_o‘quv_yili 📚 “Istiqbol Luck”da yangi o‘quv yiliga start… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#Yangi_o‘quv_yili 📚

“Istiqbol Luck”da yangi o‘quv yiliga start berildi! 🎓

🏫 Rishton tumanidagi “Istiqbol Luck” xususiy maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🎉 Tadbirda o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar hamda ota-onalar ishtirok etib, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldilar.

📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida omad tilaklari bildirildi.

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va katta marralar sari ilk qadam! 🇺🇿📚
September 3, 2026 504