Hilqatni oʻzgartirishdan qaytarilganmiz! Bugun tarmoqlarda ommalashgan Ghibli style, Anime Style qilib ChatGPT yoki Grok programmalarida rasmni multikka aylantirish urfga kirdi. Instagramga har 2ta reels ni 1tasida shuni qanday qilishni oʻrgatishyapti. Lekin biror narsani qilishdan oldin uni shar’iy hukmiga qiziqib koʻrish kerak menimcha! Oisha r.adan: Rosululloh s.a.v safardan keldilar. Mening honamda bir kichkinagina darcha bor edi. Ustida mato va uning surati bor edi. Mato bilan toʻsib qoʻygan edim. Rosululloh s.a.v uni koʻrgan zahoti yirtib tashladilarda: “qiyomat kuni eng qattiq azoblanadiganlar Allohning mahluqotiga oʻxshatib rasm chizganlar” dedi ©️Imom Buhoriy va Muslim rivoyati Bu chizish emas dersiz, shunchaki rasmni tashlayman u oʻzgartiradi dersiz. Lekin unga “send me ghibli style” deb siz buyruq beryapsiz! Uning hukmi sizda qoladi. Kelajakdagi erim/xotinimni rasmini yubor deyishni hukmi ham juda ogʻir boʻladi. Bu narsa oldindan bashorat qilib berish, gʻaybni bilishga intilish, folbinlikdek gap Alloh saqlasin! Qaytariqni bildirish bizdan amal qilish qilmaslik sizdan. Nahiy munkar yelkamizdan olindi. Bilmasdan qilganlar oʻchirib tashlab tavba qilishi qilmaganlar esa bu yoʻlni tanlamasliklarini soʻrab qolaman) ©️Ummu Sa’ad
Hilqatni oʻzgartirishdan qaytarilganmiz! Bugun tarmoqlarda… — Sakiynat — TG.ME
April 14, 2025 1.4K 1 2