Jim yotar Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan Ezilib ne davr-u davron jim… — Sakiynat — TG.ME

Jim yotar Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan Ezilib ne davr-u davron jim yotar, Saydu-sayyodlarning vaxshiligidan Yayrab yurolmaydi... jayron jim yotar. Haddan oshib ketsang tòkin choģlarda, Olovdek òrtangay qalbing doģlarda. Hattoki purviqor sokin toģlarda, Paymonasin kutib vulqon jim yotar Eslab kòr, ne sabab ikki insonni Haydab chiqardilar qòshib shaytonni. Nafs yomon, bir qara shòrlik sichqonni Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar. Ey dòstim, yolģiz chiqmagin ovga, Ne ham qilolarding bir òzing yovga, Har inson muhtojdir boshqa birovga, Yoysiz qolsa kor yoq... kamon jim yotar. Zakiy kòzlar uchun yoruģdir kech ham, Haddini bilgaydir oshmaydi hech ham, Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham Òljasi òtlaydi... arslon jim yotar Hayrulla Xamidov

March 23, 2025 1.1K 5