Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov: post #590 — TG.ME

Forwarded fromAZAziz Mirzayev
GitHub Copilot yozgan kodlaringiz sifatini 2 baravar oshirmoqchimi?

GitHub rasmiy hujjatlarida AI yordamchisidan maksimal foyda olish va eng sifatli natijalarga erishish bo‘yicha ajoyib qo‘llanma e’lon qilindi. Undagi eng muhim qoidalarni bitta tizimga jamladik — buni "4S" Prompt muhandisligi deb atashadi:

1. Single (Yagona vazifa) — AIga bir vaqtning o'zida ham sahifa yaratishni, ham uni bezashni buyurmang. Har bir so'rovda faqat bitta aniq vazifaga e'tibor qarating.
2. Specific (Aniq cheklovlar) — So'rovni umumiy yozmang. Qaysi kutubxona, qanday autentifikatsiya yoki qaysi algoritm kerakligini aniq ko'rsating.
3. Short (Qisqa va lo'nda) — Ortiqcha gaplar shart emas. AI qisqa va aniq texnik ko'rsatmalarni ancha yaxshi tushunadi.
4. Surround (Ochiq tablar) — Copilot siz VS Code-da ochib qo'ygan qo'shni fayllardagi o'zgaruvchilar va uslublarni tahlil qiladi. Kerakli fayllarni doimo ochiq qoldiring!

Bonus maslahat: Yangi mavzuga o'tganingizda eski chatni tozalang (/new). Bu ortiqcha "token"lar sarflanishini kamaytiradi va AI chalkashib ketishining oldini oladi.

To'liq qo'llanmani o'qish: GitHub Copilot: Optimize AI Usage
GitHub Docs
Optimizing your AI usage to maximize efficiency and reduce cost - GitHub Docs
Learn how to choose the right models, structure your prompts, and add guardrails so that Copilot completes tasks more efficiently and uses fewer AI credits.
June 19, 2026 187