Midjourney "temir"ga o'tdi — butun tanani skanerlovchi ultratovush apparati ishlab chiqarmoqchi.
Rasm generatsiyasi bilan tanilgan Midjourney, Midjourney Medical bo'limini ochdi. Birinchi mahsuloti — The Midjourney Scanner, butun tana uchun ultratovush skaner ("Ultrasonic CT").
• MRTdan ~10x arzon, ~60x tez
• Bitta skan ~60 soniya, radiatsiyasiz, kuchli magnit maydonisiz
• 10 ta shunday apparat dunyodagi barcha MRTlardan ko'p skan qila oladi degan ambitsiya
Reja: 6 yil ichida 50 000 apparat. Test deploy uchun 2027 oxiriga SFda katta spa-markaz ochmoqchilar.
Eslatma: asoschi David Holz ilgari LeapMotion (qo'l-tracking hardware) ni qurgan, ya'ni "temir"ga qaytishi tasodif emas. Generativ AI kompaniyasining sensor + signal processing + scale o'yiniga o'tishi — kuzatishga arzir keys.
Forwarded fromSardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
1June 18, 2026 115 1