Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov: post #585 — TG.ME

Yuqoridagi post izohlarida JavaScript stack’i bo‘yicha, ya’ni "AI keldi, junior dasturchilik o‘ldi, endi yangi boshlovchilarga ish yo‘q" ga o'xshash juda ko‘p savollar bo‘ldi. Shunga doir chuqurroq izlanib ko‘rdim va qiziq faktlarni topdim.

1. Ish o‘rinlari nega kamaydi?
Ko‘pchilik junior vakansiyalar kamayganiga AIni ayblashyapti. Aslida esa asosiy sabab — makroiqtisodiyot. 2021-yildagi "tekin pullar" (ZIRP- Zero Interest Rate Policy) davri tugadi, global foiz stavkalari oshdi. Oldin kompaniyalar juniorlarni olib, 12-18 oy davomida o‘qitish (training tax) xarajatlarini bemalol ko‘tara olishardi. Hozir esa hamma srazu foyda keltiradigan kadrlarni qidiryapti.

Shu sababli AQSHda junior vakansiyalar 67%ga, Buyuk Britaniyada 46%ga qisqargan. Big Tech kompaniyalari (Google, Meta va h.k.) o‘zlarining umumiy xodimlari ichida juniorlar ulushini 32%dan 7%ga tushirib yuborgan.

2. Rahbarlarning xatosi: "AI Productivity Disconnect"
Kompaniya rahbarlari marketing gaplariga uchib, "AI dasturchilarning unumdorligini 10 barobar oshirib yuboradi, junior olish shart emas" deb o‘ylashgandi. Lekin tadqiqotlar umuman boshqa narsani ko‘rsatdi:

• AI shunchaki bir xil turdagi kodlarni (boilerplate) 55% tezroq yozib beradi, xolos.
• Tizim arxitekturasi, murakkab buglarni topish va biznes talablarni tushunishda AIning foydasi bor-yo‘g‘i 3.4% bo‘lgan. Hatto ba’zi joylarda AI yozgan kodni tekshirish va uning xatolarini to‘g‘rilash ortiqcha vaqt olgani uchun umumiy samaradorlik 7.2%ga tushib ketgan.

3. Eng katta xavf: "Vibe Coding" yoki "O'rganish qarzi" (Learning Debt)
Anthropic kompaniyasi o‘tkazgan o‘ta qiziq tadqiqot (2026-yil yanvar): dasturchilarga vaqtinchalik yangi Python kutubxonasi berilgan. Muammoni tushunish uchun AIdan faqat konseptual so‘raganlar 65%lik natija ko‘rsatishgan. Kodni srazu AIga yozdirib, tayyorini ko‘chirganlar esa tushunish testidan 40%dan ham past ball olishgan.

Agar juniorlar fikrlashni AIga topshirib qo‘yishsa, ular muhandis emas, shunchaki "knopka bosuvchi operator" bo‘lib qolishadi va birinchi jiddiy muammodayoq yiqilishadi.

4. Xo‘sh, kimlarga ish bor? (JS/TS stack'ida qolish kerakmi?)
JavaScript (66%) va TypeScript (43.6%) dunyoda baribir yetakchi. Lekin shunchaki frontendga ish kam ($82k). Full-stack dasturchilarga ($92k) va AI-Integration muhandislariga ($118k) talab juda yuqori.

Hozir Big Tech juniorlarni kamroq olayotgan bo‘lsa-da, an’anaviy va og‘ir sohalar (Tibhiyot, FinTech/Banking, Mudofaa va Kiberxavfsizlik) junior dasturchilarni faol ishga olyapti. Chunki ularning 20-30 yillik eski kod bazalari bor. Agar hozir juniorlarni olib, ularga arxitekturani o‘rgatishmasa, qariyalar pensiyaga ketgandan keyin u sistemalarni hech kim tushunmay qoladi (AI ham tushunolmaydi :D).
June 15, 2026 146 2
Yuqoridagi post izohlarida JavaScript stack’i bo‘yicha, ya’ni "AI… — Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov — TG.ME