Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov: post #581 — TG.ME

#linux #history

Talabaning hobbiysi bugun milliardlab qurilmalarda ishlayapdi!

just a hobby, won't be big and
professional like gnu


https://groups.google.com/g/comp.os.minix/c/dlNtH7RRrGA/m/SwRavCzVE7gJ

👩‍💻 Ko'p holatlarda startup yoki texnologiyaning rivojlanishi uning o'ziga bog'liq bo'lmaydi, to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lishi muhim bo'ladi.

Linux ham 1990-yilda internet endi rivojlanayotgan davrga to'g'ri kelgan. Bu davrda serverlar uchun OT ga bo'lgan talab oshishni boshlagan usha vaqtdagi OTlar(Solaris, AIX, HP-UX) pullik bo'lgan bu kichik korxona va startuplar uchun ortiqcha xarajat edi. Linux esa bepul.

Keyin esa maydonda yangi o'yinchi paydo bo'lgan bu Apache. Apache ham bepul veb-server edi. Linux bilan birgalikda zo'r kombinatsiya hosil qilgan, LAMP(Linux, Apache, MySql, PHP).

Serverlar dunyosini Linuxsiz tasavvur qilish qiyin.

Ko'pchilik Linuxni faqat dasturchilar ishlatadigan OT deb o'ylaydi. Aslida esa Linux hayotimizning deyarli har bir qismida mavjud. Smartfonlar, televizorlar, avtomobillar, routerlar, aqlli soatlar, kir yuvish mashinalari va boshqa ko'plab qurilmalar ichida Linux yoki Linux kerneliga asoslangan tizimlar ishlaydi.

TOP500 ro‘yxatidagi deyarli barcha superkompyuterlar Linux ishlatadi(manba).

@Py_uz
👍2👏1
June 4, 2026 200