#FARZAND_KELAJAGI
#OTA_ONALAR_MAJLISI
"Ota-ona farzand uchun bamisoli bir dengiz, bir xazina, bir noyob gavhar-u durdir."
🏛Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tib maktabga qabul qilingan o'quvchilarning ota-onalari ishtirokida "Farzand kamoloti-maktab va oila hamkorligida" mavzusida yig'ilish o'tkazildi.
🔰Yig'ilishni maktab direktori Mullajonova Nargiza Akbarovna kirish so'zi bilan ochib, yig'ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik tantanasi munosabati qutlab, maktab jamoasiga qabul qilingan o'quvchilarning muvaffaqiyati bilan ota-onalarini samimiy tabrikladi.
🔰Shundan so'ng, maktab direktori va o'rinbosarlar tomonidan:
●Maktab jamoasining 2026-2027-o'quv yili davomidagi maqsadlari-vazifalari;
●Maktab moddiy texnik ba'zasi;
●Dars jarayonlari;
●Fan olimpiadlari va to'garaklar;
●odob-axloq, tartib-intizom va davomat masalalari va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berildi. Yig'ilish davomida ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🌐Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi matbuotchisi.
⚜Bizga qo'shiling, kam bo'lmaysiz😎













