O'qituvchi | Ish Rejalar | E Baza | Imtihon Savollari va Javoblari: #9119-post — TG.ME

️​​“Sentabr” yoki “sentyabr”. Qay biri toʻgʻri?

Bugun sizlarga koʻpchilik adashadigan va koʻplab tushunmovchiliklarga sabab boʻlgan soʻzning aslida qanday yozish toʻgʻri boʻlishi haqida maʼlumot beramiz.

Bundan bir necha yil oldin chop etilgan, 85.000 so‘zdan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da berilgan birgina xato bugun ana shunday ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lib kelmoqda. O‘sha kitobda «sentabr» va «oktabr» so‘zlari lotincha imloda qoidaga xilof ravishda «sentyabr» va «oktyabr» deb berilgan edi.

1993-yil 2-sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan, 1995-yil 24-avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi. Ushbu hujjatga ko‘ra, «sentabr» so‘zi lotincha imlomizda «sentabr» deb, «oktabr» esa «oktabr» ko‘rinishida yoziladi. Bu borada hech qanday muhokamaga o‘rin yo‘q. Biror bir hujjatda lotin tiliga asoslangan o‘zbek alifbosida bu so‘z sentyabr yo oktyabr tarzida yozilishi ko‘rsatilmagan.

Demak, javob: “sentabr” va “oktabr”.

Ойлик ҳисоблаш учун бот:
✈️ @Oylik_hisoblovchibot

👩🏻‍🏫 @Oqituvchi | Obuna bo'ling👇
https://t.me/+ngRPMExoXBU2ZDcy
https://t.me/+ngRPMExoXBU2ZDcy
👏1