30 kun davomida jamoat bilan bomdod namozini o'qish bo'yicha chelenj qilmoqchiman. Agar bir kun jamoatga chiqolmay qolsam 25 000 so'm jarima to'layman. Oxirgi vaqtlar umr be baraka o'tib ketyapti. Tongi baraka bilan yaxshilanar)
Atrofimdagi ko'plab insonlarda tongi barakadan g'aflatta qolib be baxra qolishyapti. Shular qatori men ham🥲
O'zimga va boshqalarga manfaati tegishidan umid qilib mana shu xayrli ishni boshlamoqchiman. Sizlar ham bemalol bu chelenjimizga qo'shilishingiz mumkin. Yaqinlaringizni ham taklif qilsangiz bo'ladi:)
Ayol qizlarimiz uyda o'qishaveradi. Har kuni jamoatga imkonini qilolmaydigan erkaklar ham uyda o'qishaveradi. Imkon qadar jamoat bilan o'qiganlari tavsiya etiladi, ikki dunyoga foydasi bor
Bu chelenjimizni katta ehtimol bilan 1-sentabr sanasidan boshlaymiz. Qo'shilmoqchi bo'lganlar izohga + belgisini yozib keting
Qolgan ma'lumotlarni asta-sekin aytib boraman. Yana qo'shimcha savol va takliflarngiz bo'lsa bemalol yo'llashingiz mumkin