Reading Part 3’da javobni bilib turib xato qilishning asosiy sababi… — MULTILEVEL ZONE — TG.ME

🌟Reading Part 3’da javobni bilib turib xato qilishning asosiy sababi — matndan aynan bir xil so‘zni qidirish. Aslida esa savol va matn ko‘pincha paraphrase orqali beriladi. Mana, oʻzim xatolarni kamaytiradigan 4 ta usulni oʻrgataman

🔸 Heading → Main idea

Har bir paragrafni o‘qiganda “Bu paragraf asosan NIMA haqida?” deb so‘rang.

Bitta detailga qarab heading tanlamang.

Butun paragrafni qamrab olgan fikrni tanlang.


🔸 Keyword → Paraphrase

Savoldagi keywordni matndan aynan izlamang.

important → significant
problem → obstacle
reduce → minimise


🔸 Trap detail → Main idea

Paragrafda headingga mos keladigan bitta gap chiqishi mumkin, lekin qolgan qismi boshqa fikrni yoritadi.

“Bu heading butun paragrafga mos keladimi?” deb tekshiring.

🔸 Eliminate → Confirm

Ikkita variant o‘xshab qolsa, darhol bittasini tanlamang.

Avval: Nega A emas?

Nega B emas?

Matndagi qaysi fikr javobimni aniq tasdiqlaydi?

Shunda chalg‘ituvchi variantlar ancha oson ajraladi.


🔸Part 3 = keyword ovlash emas, main idea + paraphrase + elimination.Shu 3 narsani birga ishlatsangiz, “ikkalasi ham to‘g‘ridek” bo‘lib qoladigan savollarda xato ancha kamayadi.
❤16🔥7🤔3🆒1
September 8, 2026 5.3K 1 27