Misr hayotidan Misrliklarda shunday odatlar bor boʻlib, ham yaxshi… — 𝐔𝐬𝐭𝐨𝐳 𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐂𝟐 — TG.ME

🇪🇬Misr hayotidan

Misrliklarda shunday odatlar bor boʻlib, ham yaxshi, ham yomon desa boʻladi.
1)Eʼtiborsizlik (yaʼni birovning birov bilan ishi yoʻq), misol nima ish qilsangiz ham birov gapirmaydi. Bu yaxshi tuyiladi baʼzan, ayniqsa "hozir javrashmasmikan qoʻshnilar, yoʻldagilar" deb bezovtalanmaysiz. Lekin minusi ham bor, misol befarosatlarcha 12dan keyin ham baland qilib muzika qoʻyib qoʻyishadi, yoki uyingizni taqillatib kelaveradi istaganda (bezovta qilmaymanmikan degan tushuncha umuman yoʻq).
2) Muammolarni barcha oʻzi hal qilishi. Misol koʻchada tushunmovchilik, yengil avariya, yoki shunga oʻxshash hodisalar sodir boʻlsa, masalani katta ehtimol bilan yechish oʻzingizning qoʻlingizda qoladi, chunki hechkim yondan aralashmaydi. Bu bir tomondan yaxshi, chunki pachakilashib oʻtirmay chiqib ketasiz vaziyatdan, lekin minusi shundaki, haqqingiz poymol boʻlgan boʻlsa (misol mashinangiz urilgan, nimangizdir singan) ular faqat "Maalish" (afsus) deb ketaveradi, va sizni deyarli eshitadigan topilmaydi.
😢3👍1🔥1👏1
August 27, 2026 164