Kimlar ekani emas, soni qiziq 😂
Boshidan aytib beray-a!
2018-yil Sam.Du ga oʻqishga kirdik! 1 oydan soʻng, imtihon asosida SPESS guruh tashkil qilindi!
Bu guruhda 9 ta oʻgʻil va 9 ta qiz birga oʻqidik! Ammo, Eng kuchli Professor maʼruzalarida ham 7 yoki 8 ta bollar yigʻila olganmiz (aniq 1 kishi kelmas edi)
Eslab koʻrsak, 4 yil Bakalavr va 2 yil magistr davrida ham 9 ta Kursdosh 1 davrada yigʻilmagan ekanmiz 😁
Bular oqibatsiz ekan deb oʻylamang!
Yaqin oydan boshlab oyiga 1 marta kursdoshlar yigʻilishini tashkil qildik 😎
Endi qiziq joyiga keldik! Hamma xursandchilik vaqti bir rasmga tushib qolaylik dedik!
Stayonkaga qaraydigan "Amakiga" bizlarni bir rasmga olib qoʻying deb soʻradik! Xop dedi va 10-20 ta "Chotki" rasm oldim deganiga biz ham toqqa chiqib ketibmiz!
✍ Shunaqa qiziq holatlarni yozib tursam oʻqiysizlarmi





