➖Mana shu 2 yilda Suhrob ustoz bilan sohamiz majburiyati sababli 1 nechta koʻnikmalarni oʻrganishga majbur boʻldik!
🛄 Bu vaqtda oddiy koʻringan har bir sohani mashaqqati bor ekanini bildik!
• Yozish, miyasiga kelgan fikrlarni soʻzlarga qoʻyish
• montaj, programmaga video tashlash
• Online dars! doimgi doska oldida oʻtadigan darsimiz
kabi oddiy koʻringan ishlar, aslida alohida bir qiyin kasb ekanini his qildik!
➖Oʻrgangan koʻnikmalarimiz ichida eng qiyin kechayotgani kitob yozish jarayoni boʻldi! 2 yil ichida 4 ta kitob chiqardik va har biri uchun yillab mehnat qildik!
Hozir sizga "SAT Takers Math" kitob yozish bosqichimiz haqida qisqacha aytmoqchiman!
1. SAT math barcha mavzularini tartiblab olish!
2. Har bir mavzuga alohida nazariy qism va ishlashga misollar topish
3. Har bir misolni wordga koʻchirish va sifatli dizayn
4. Har bir chizmani qaytadan sifatli chizish va joylashtirish
5. Har bir misolni ishlab kalit qilish va botga yuklash!
6. Har bir nazariy mavzu va misollar yechimini alohida videoyechim qilish
Yozilishda 6 ta qadam, ammo bajarish uchun 3-4 kishi 3 oydan beri mehnat qilmoqda!
Keyingi post SAT Takers Math kitob haqidagi 👇



