Xitoydan birinchi marta tovar olayotgan bo‘lsangiz, katta partiya olishga shoshilmang.
Men ko‘p odamda bitta xatoni ko‘raman:
Tovar yoqdi → narxi yaxshi → birdan katta miqdorda zakaz.
Aslida birinchi zakazning vazifasi katta pul ishlash emas.
Birinchi zakaz — test.
Men bo‘lsam avval 3 narsani tekshiraman:
— Tovar realda qanday sotiladi?
— Mijoz sifati haqida nima deydi?
— Logistika bilan qo‘shganda haqiqiy tannarx nechiga tushadi?
Masalan, Xitoyda mahsulot $5 bo‘lishi mumkin.
Lekin unga:
kargo + qadoq + bojxona + marketplace xarajatlarini qo‘shsangiz, tannarx butunlay boshqa chiqadi.
Shuning uchun “Xitoyda nechiga oldim?” emas, “O‘zbekistonga nechiga tushdi va nechiga sota olaman?” degan savol muhim.
Birinchi partiyani kichikroq olib test qilasiz.
Sotildi → keyingi partiyani kattalashtirasiz.
Sotilmadi → katta pulingiz tovar ichida qotib qolmaydi.
Oddiy qoida:
Avval tekshirish. Keyin masshtab.
Xitoyda arzon tovar juda ko‘p.
Lekin bizga arzon tovar emas, sotiladigan tovar kerak.
17
8
5August 15, 2026 2.2K 11