Map Collection Books - Audios & Answers: post #1318 — TG.ME

Forwarded fromMUMultilevel Mokhida

IMTIHONGA 1 KUN QOLGANDA..! ✅ ➡️ 1-maslahat: Uyquga toʻyib uxlang, ovqatlanishingizni biroz tartibga soling, ayniqsa, imtihon oldi shakarli va ogʻir ovqatlardan tiyilib turing, qorin ogʻrigʻi kerakmas. ➡️ 2-maslahat: Practice testlarni toʻxtamasdan yechishni toʻxtating, shu kungacha oʻrganganingizni oʻrganib boʻldingiz. Miyaga dam bering. ➡️ 3-maslahat: Listening va Reading qismlaridan ogʻir vazifalarni bajarmang, faqat yengil vazifalarni koʻzdan kechiring, tushgan savollarni koʻrsangiz ham boʻladi, bu Multi-Level imtihonida yaxshigina foyda bergan paytlari koʻp boʻlgan. ➡️ 4-maslahat: Writing qismiga kelsak, 1 kun qolganda qoliplar yodlab yurmang. Ishoning, bu bilan oʻz bilimingizni koʻrsata olishingizni cheklaysiz. Va katta ehtimol bilan qolipdan foydalansangiz, past ball olasiz. Anavi oʻquvchi qolipdan foydalanib mana bunaqa ball olibdi degan gap-soʻzlarga ishonib vaqtingizni va diqqatingizni bunday narsalarga bekorga sarflamang. ➡️ 5-maslahat: Eng muhimi PASSPORT yoddan chiqmasin. Busiz hammasi bir tiyin boʻladi. Eʼtiborli boʻling. ✍️ Men Teacher Mokhida juda koʻp marta imtihonga kirgan inson sifatida shularni maslahat beraman. Muhimi har kim harakatiga mos natijani olsin..! Sogʻ boʻlasiz, my dears! 🌐 Join: @Mokhida_Khakimova

❤5🔥1
May 15, 2026 1.3K