Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda joriy etilayotgan “Kelajak soati” an’anaviy darslardan butunlay farq qiladi. Unda baho qo‘yilmaydi, zerikarli ma’ruza o‘qilmaydi!
1️⃣ Tanishtirish (5 daq): Mavzu qiziqarli savol bilan boshlanadi.🔹 Har oyning 4 haftalik “Oltin zanjiri”
2️⃣ Anglash / Video (15 daq): Mavzuga oid 3–5 daqiqalik qisqa videorolik ko‘riladi va tushuntiriladi.
3️⃣ Amaliyot (12 daq): O‘quvchilar guruhlarda savol-javob qiladi, vaziyatlarni muhokama qiladi.
4️⃣ Chuqur tahlil (8 daq): “Bu menga nima beradi? Men nima qila olaman?” degan savolga shaxsiy javob topiladi.
5️⃣ Refleksiya (5 daq): Dars xulosalanadi va keyingi hafta uchun oilaviy topshiriq beriladi.
Har bir katta mavzu 1 oy (4 hafta) davomida bosqichma-bosqich o‘rganiladi:
🟢 1-hafta — BILISH: Mavzu va video bilan tanishish.
🟡 2-hafta — MUNOSABAT: Oila davrasida (ota-ona bilan) mavzuni muhokama qilish.
🔵 3-hafta — AMAL: Rasm chizish, plakat yoki kichik ijodiy loyiha tayyorlash.
🟣 4-hafta — REFLEKSIYA: Kichik insho/esse yozish va oyni sarhisob qilish.
❗️ Sinf rahbarlari va hamkasblaringizga ham ulashing!
Ustamaga yo'l👉 @Muallim_hujjati
