📢📍DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI SANASI VA MANZILLARI MA’LUM BO‘LDI
🗣2026–2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sana va manzillar bilan tanishing:
⏺1-NAMANGAN HUDUDI:
29-31 iyul kunlari Namangan viloyati, Namangan shahridagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi binosi;
📍 JOYLASHUV.
⏺ 2-TOSHKENT HUDUDI:
2-3 avgust kunlari Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidi Majlislar zali;
📍 JOYLASHUV.
⏺ 3-QASHQADARYO HUDUDI:
5-avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida;
📍 JOYLASHUV.
⏺ 4-XORAZM HUDUDI:
7-avgust kuni Xorazm viloyati, Urganch shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosi;
📍 JOYLASHUV
⏺ 5-BUXORO HUDUDI:
9-avgust kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasi binosi;
📍 JOYLASHUV.
❗️Ma’lumot o‘rnida, abituriyent imtihonni faqat ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va hududda topshirishi mumkin. Boshqa hududlarda imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi. Shu bois, imtihon kuni ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududga belgilangan vaqtda yetib kelishlari lozim.
🎓Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga kirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar joriy yil 11-avgust kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida o‘tkaziladi.
📍 JOYLASHUV.
⏳Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish hamda imtihon tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.
❗️Hurmatli abituriyentlar! Qabul imtihonlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va diniy ta’lim muassasalarning rasmiy sahifalarida kuzatib boring.
✅Qabul bo'yicha rasmiy manba:
https://t.me/qabulmuslimuz
