DIQQAT, FUTBOL MUHLISLARI! 🇺🇿⚽ Ertaga soat 07:00 da Fergana school… — MS | Tayyorlov — TG.ME

🇺🇿 DIQQAT, FUTBOL MUHLISLARI! 🇺🇿

Ertaga soat 07:00 da Fergana school xususiy maktabida Oʻzbekiston 🇺🇿 – Kolumbiya 🇨🇴 uchrashuvini KATTA MONITORDA birgalikda tomosha qilamiz!

Tadbirga maktabimiz oʻquvchilari, oʻqituvchilari, xodimlari hamda barcha futbol muhlislari taklif etiladi.

Bayramona muhit yaratish uchun:
Imkoniyatga qarab Oʻzbekiston terma jamoasi futbolkasini, kepkasini yoki boshqa atributlarini kiyib kelishingiz mumkin;
Yuzingizga Oʻzbekiston bayrogʻi rasmini chizdirishingiz mumkin;
Terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlovchi shiorlar yozib kelishingiz mumkin;
Katta formatdagi qogʻozlarga taklifiy hisoblar, futbolchilar haqidagi faktlar va motivatsion yozuvlar tayyorlab keling;
Karnay, bayroq va boshqa muhlislik atributlarini olib kelishingiz mumkin.

🎉 Eng faol va eng kreativ muhlislar alohida eʼtirof etiladi!

Keling, terma jamoamizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik va haqiqiy futbol bayramini yarataylik!

🇺🇿 Oʻzbekiston olgʻa!

☎️+998972021100

@Fergana_school
June 17, 2026 367 1