MIF_School: post #740 — TG.ME

Forwarded from1B1% Bilim
Siz kecha ko'rgan 50 ta videodan nechtasini eslay olasiz? Ehtimol, birortasini ham eslay olmaysiz. Ma’lumotlar oqimi shunchalik tezki, miya ularni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‘tkazishga ulgurmaydi. Natijada sizda «ma'lumot bor, lekin bilim yo'q» holati yuzaga keladi. Shu narsa raqamli amneziya deyiladi.

2025-yilgi so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Reels va TikTok kabi qisqa videolarni tinimsiz ko'rish miyadagi prefrontal qobiq (impuls nazorati va qaror qabul qilish markazi) faoliyatini susaytiradi. Miyangiz endi 10 daqiqalik matnni o'qishga yoki chuqur tahlilga «chidamaydi». Miyangiz «tezkor va arzon» dopamin dozalariga o'rganib qolgan va murakkabroq vazifalarni «zerikarli» deb rad etadi.

@birfoizbilim
👍1
December 22, 2025 322