TIBBIYOTGA ALOQADOR KITOB QIDIRYAPSIZMI? Unda bu post siz uchun) Ozor berma - Henry Marsh tomonida yozilgan avtobiografik asar bo'lib, unda nafaqat neyroxirurg hayoti va uning amalga oshirgan operatsiylar haqida gap ketadi. Nega bu kitobni o'qish kerak degan savolga birgalikda javob topamiz. 🧐 Kasbning haqiqiy va yashirin tomonlari. Kitob tibbiyot olamini, xususan, eng murakkab va mas'uliyatli sohalardan biri bo'lgan neyroxirurgiyani parda ortidagi haqiqatlari bilan ochib beradi. Muallif faqatgina g'alabalarni emas, balki shifokor boshidan kechiradigan og'ir xatolar, shubhalar va yo'qotishlarni ham ochiq-oydin yozgan. Insoniy va ma'naviy qiyofa . Bu asar shunchaki tibbiy qo'llanma yoki quruq memuar emas. Unda hayot va o'lim chegarasidagi nozik chiziqlar, bemorlar taqdiri va shifokorning o'z vijdoniga beradigan javoblari chuqur psixologik tahlil qilingan Va kitobning eng asosiy yutug'i shundaki, u " jarroh qahri qattiq" bo'lishi kerak degan stereotipni butunlay buzib, insonparvarlik va hamdardlik, o'zga dardini his qila olish aslida sizni ajoyib jarroh qila olishini ko'rsatadi. Operatsiya jarayonidagi sovuqqonlik yaxshi, ammo operatsiyadan tashqari jarayonlardagi siz kimsiz? Bemornining dardini va u uchun qattiq mas'uliyatni his qila olyabsizmi? Bemoringiz siz tufayli bir umr nogiron bo'lib qolsa bunga qanday javob qaytarasiz? Siz bir umr shu yuk bilan yashab, buni takrorlamaslikka harakat qilasizmi? Yoki tezda unutib yuborasizmi? Ushbu kitobni o'qish mobaynida ayna shu savollarga javob topishingiz naqadar muhim ekanligini anglab yetasiz. @MEDly_uz
TIBBIYOTGA ALOQADOR KITOB QIDIRYAPSIZMI? Unda bu post siz uchun) Ozor… — MEDly|UZ — TG.ME
August 26, 2026 289 2