MEDly|UZ: post #12 — TG.ME

Vaqtimiz g‘animat, do‘stlar! Agar siz tibbiyot talabasi bo‘lsangiz-u, o‘qishga erinayotgan bo‘lsangiz, kunlaringiz bekor o‘tayotganini sezsangiz yoki darsga borib, tayinli biror narsa o‘rganmayotgandek his qilsangiz - bir narsani esdan chiqarmang. Dunyoning eng yaxshi shifokorlarining eng og‘ir kunlaridan biri - qaysidir yaqin insoni vafot etgan kun. Ular ba’zan o‘sha kunni yillar davomida unuta olmaydilar. Chunki shifokor bo‘lganlari uchun: “Biror narsani boshqacha qilganimda, balki o‘sha yaqinim hozir yonimda bo‘larmidi…” - degan savol bilan yashashlari mumkin. To‘g‘ri, har bir insonning qancha umr ko‘rishi belgilangan. Lekin baribir bir kun kelib xato qilib qo‘ymaslik, keyinchalik afsuslanib yoki ikkilanib yurmaslik uchun hozir o‘qib-o‘rganish, izlanish va o‘z ustimizda ishlashning ayni vaqti. Biz nafaqat o‘z yaqinlarimiz hayotida shifokor sifatida katta rol o‘ynaymiz. Har bir bemorimiz ham kimningdir otasi, onasi, farzandi yoki yaqin insoni... Shunday ekan, har bir kunimizdan unumli foydalanaylik. 📖 Manfaatli ilm o‘rganaylik. 🩺 Kelajakdagi bemorlarimiz uchun bugundan tayyorlanaylik. ⏳ Chunki vaqtimiz g‘animat, do‘stlar! Bizga qo‘shiling - birgalikda hammasini uddalaymiz! @MEDly_uz

August 25, 2026 140