ERTAKKA IQTIBOS -Odam buyur! Bajo etgum Ne istasang dunyoda!.. Men baliqni ozod qildim Va tashladim daryoga. -Buyur!.. Yana jilpangladi Qarmoq uchida baliq. Yana uni suvga otdim – Mangu hurlik ber, Xoliq! -Buyur!.. Oltin boʻlmay oʻlgur, Yana qarmoqqa bandi... Jonvorga boz hurlik berdim – Ertak hamisha tanti. Ammo baliq faryod urdi, Gʻami sigʻmay dunyoga; -Qarmogʻiga ilinmanglar, Yana tashlar daryoga!.. Usmon Azim
July 16, 2026 80