41. Jarayonda berilgan barcha reaksiya tenglamalarini yozing va miqdoriy hisoblashlarni uzviy ketma-ketlikda to‘liq ko‘rsating. Kaliy permanganat va kaliy dixromatdan iborat qattiq aralashma bo’lgan idishga gaz ajralishi tugaguncha 36,5 % li xlorid kislota eritmasidan quyildi. Hosil bo’lgan eritmaga kaliy gidroksid (x mol) va vodorod peroksid qo’shildi va qizdirildi (bu jarayonda yagona oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi sodir bo’lib, unda xrom (III) xlorid kaliy xromatgacha oksidlangan. Marganes (II) xlorid esa to’liq marganes (II) gidroksid holida cho’kmaga tushgan va bu cho’kma xlorid kislota yordamida eritib yuborilgan). Natijada, moddalar o’zaro qoldiqsiz reaksiyaga kirishib, tarkibida faqat o’rta tuzlar (KCl, MnCl2, K2CrO4) tutgan eritma (shartli ravishda “Eritma 1” deb belgilab) olindi. Shu eritmadagi kaliy xloridning miqdori x – 0,6 mol ga teng. Dastlabki reaksiyada ajralgan sarg’ish-yashil gaz kaliy gidroksidning (n.sh) dagi eritmasiga yuttirildi (ushbu reaksiyada sarflangan kaliy gidroksid miqdori x – 0,8 mol ga teng). Natijada tarkibida 2 xil tuz tutgan “Eritma 2” olindi. 1) x ning qiymatini va dastlabki aralashmadagi kaliy permanganat va kaliy dixromatning massasini (g) toping. 2) Sarflangan vodorod peroksid miqdorini (mol) toping. 3) “Eritma 1” tarkibidagi kaliy xromatning massasini (g) toping. 4) Dastlabki aralashma bilan reaksiyaga kirishgan xlorid kislota miqdoriga teng miqdorda vodorod xlorid olish uchun sanoatda gramm vodorod gazi xlor bilan ta’sirlashish kerak.
41. Jarayonda berilgan barcha reaksiya tenglamalarini yozing va… — Kenjayev Nuriddin Kimyo Kursi — TG.ME
August 31, 2026 419 3